Malayziyaning ommabop telekanalida O'zbekistonning "Haj-2025" mavsumiga tayyorgarlik va Haj amallarini ado etish bo'yicha tajribasiga oid ko'rsatuv namoyish etildi
Iyun 04, 2025. 07:39 • 2 daq
• 63
KUALA-LUMPUR, 4-may. /"Dunyo" AA/. Malayziyaning "RTM" davlat teleradiokompaniyasiga qarashli "TV1" telekanalida O'zbekistonning "Haj-2025" mavsumiga tayyorgarlik va Haj amallarini ado etish bo'yicha tajribasiga bag'ishlangan ko'rsatuv namoyish etildi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur ko'rsatuv Haj mavsumida efirga uzatiladigan "Salom Baytulloh" dasturi doirasida ko'rsatildi.
"RTM" ijodiy jamoasi bilan hamkorlikda suratga olingan ko'rsatuv uchun bergan intervyusida O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev mamlakatimizda Haj mavsumiga tayyorgarlik va uni amalga oshirishga davlatimiz rahbari tomonidan alohida e'tibor qaratilganini ta'kidlab o'tdi.
Shuningdek, Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston Musulmonlari idorasi va boshqa mutasaddi vazirlik hamda tashkilotlar tomonidan har bir ziyoratchining Saudiya Arabistoniga uchib ketishidan tortib, Haj amallarini to'la ado etib, yurtimizga qaytib kelguniga qadar bo'lgan jarayon puxta ishlab chiqilganligi aytib o'tildi.
"Bu yilda 15,2 ming o'zbekistonlik Haj ziyoratini ado etmoqda. O'zbekistonning 9 ta shahridan Madina shahriga parvozlar amalga oshirildi. Har 50 kishilik ziyoratchilarga Haj amallarini to'la-to'kis ado etishi uchun tajribali va diniy bilimlarga ega bo'lgan ellikboshilar va tibbiyot xodimlari biriktirilgan", – deyiladi dasturda.
Bundan tashqari, bo'lg'usi hojilar O'zbekistonga qaytib kelganlaridan so'ng ham o'z mahallalari va jamoalarida namuna hamda o'rnak sifatida qabul qilinishi, shuningdek mahalliy hokimiyat organlari bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda, jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy hayotida faol ishtirok etishlari qayd etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida