Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi etib tayinlandi

Iyul 27, 2026. 16:00 • 56 soniya

375
Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi etib tayinlandi

MINSK, 27-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Belarusdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Nuriddin Mamajonov Minskka yetib bordi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bungacha u Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari­ – ­ investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Nuriddin Mamajonov 45 yoshda. U O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Chexiyaning Bogemiya markaziy universitetini tamomlagan. Yevropa amaliy fanlar va menejment institutining (Praga) biznes boshqaruvi doktori (DBA) darajasiga ega.

Yangi elchi O‘zbekiston Adliya va Tashqi ishlar vazirliklarida, Germaniyadagi elchixonada, Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonada turli lavozimlarda ishlagan. 2022-2023-yillarda O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Nuriddin Mamajonov 2024-2026-yillarda O‘zbekistonning Minskdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Rahmatulla Nazarov o‘rniga tayinlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish