Janubiy Koreya shifoxonasi O'zbekistonda yurak-qon tomir kasalliklari bilan og'rigan bolalarga tibbiy yordam ko'rsatadi
May 29, 2024. 16:33 • 56 soniya
• 230
SEUL, 29-may. /"Dunyo" AA/. Gachon universiteti huzuridagi Janubiy Koreya "Gil" shifoxonasi Milliy bolalar tibbiyot markazi (MBTM) bilan hamkorlikda joriy yilning 28-31-may kunlari yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatishni e'lon qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Osiyo mintaqasi shaharlari uchun ushbu xalqaro sog'liqni saqlashni qo'llab-quvvatlash loyihasi Gachon universiteti huzurida "Gil" shifoxonasi va Incheon shahri o'rtasidagi mahalliy sog'liqni saqlash xizmatlari hamda sog'liqni saqlash tajribalari almashinuvi orqali aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.
"Gil" shifoxonasining yurak-qon tomir va ko'krak qafasi jarrohligi professori doktor Chxve Chan Xyu, bolalar kardiologiyasi professori An Jin, hamshiralar va ijtimoiy ishchilar jamoasi O'zbekistonda yurak kasalligi bilan og'rigan bolalarga yordam ko'rsatish imkoniyatidan xursand ekanliklarini ta'kidlashdi.
"Maqsadimiz sifatli tibbiy yordam ko'rsatish va yurak-qon tomir kasalliklari bilan og'rigan bolalarning hayot sifatini yaxshilashga yordam berishdir", dedi doktor Chxve Chan Xyu.
"Gil" shifoxonasining ko'ngillilar guruhi tug'ma yurak nuqsonlari bo'lgan bolalarga tibbiy yordam va exokardiogramma xizmatlarini ko'rsatish uchun MBTMda vaqtincha klinika tashkil qiladilar.
Bundan tashqari, loyiha jarrohlik amaliyotiga muhtoj bolalarni tegishli muolajalar uchun "Gil" shifoxonasiga taklif qilishni ham rejalashtirmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Ayollarning davlat boshqaruvidagi rolini oshirish bo'yicha konferensiya tashkil etildi