O'zbekiston Kosmik fazoni tadqiq qilish hamda undan foydalanish bo'yicha davlatlarning faoliyati prinsiplari to'g'risidagi xalqaro shartnomaga qo'shilishi mumkin
Iyul 22, 2024. 09:57 • 1 daq
• 214
TOSHKENT, 22-iyul. /"Dunyo" AA/. Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo'mitasi majlisida "Kosmik fazo, shu jumladan Oyni va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish hamda ulardan foydalanish bo'yicha davlatlarning faoliyati prinsiplari to'g'risidagi shartnomaga (London, Moskva va Vashington, 1967-yil 27-yanvar) O'zbekiston Respublikasining qo'shilishi haqida"gi qonun dastlabki tarzda ko'rib chiqildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi ma'lumotiga ko'ra, bugungi kunga qadar shartnomaga 114 davlat qo'shilgan. Mazkur shartnoma kosmik fazoning huquqiy maqomi asoslarini qamrab oluvchi 17 ta moddani o'z ichiga oladi.
Senatorlar xalqaro hujjatga mamlakatimiz qo'shilishi O'zbekistonga kosmik fazoni tadqiq qilish va undan foydalanish, kosmosning barcha hududlari va osmon jismlariga erkin kirish, shuningdek, xalqaro kosmik loyihalarda, resurslar va bilimlar almashinuvida qatnashish imkoniyatlarini ochib berishini alohida ta'kidladi.
Shuningdek, Kosmik fazo, shu jumladan Oy va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish va ulardan foydalanish bo'yicha davlatlarning faoliyat tamoyillari to'g'risidagi shartnomaga qonun bilan qo'shilish xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalariga asoslangan holda davlatimiz kosmik soha huquqiy tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Majlis yakunida Qo'mitaning tegishli qaror qabul qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Senatda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Vengriya parlamentlari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi
Oliy Majlis Senati raisi Vengriya Prezidenti bilan uchrashdi