Daniel Kristian Chobanu: Ruminiya O‘zbekiston bilan munosabatlarini yuksak qadrlaydi
Oktabr 06, 2026. 20:55 • 2 daq
• 65
TOSHKENT, 6-oktabr. /“Dunyo” AA/. Ruminiyaning mamlakatimizdagi elchisi Daniel Kristian Chobanu O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 31-yilligi munosabati bilan “Dunyo” AA orqali qutlov maktubi yo‘lladi:
– 2026-yil 6-oktyabr kuni Ruminiya va O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 31-yilligi nishonlandi. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik kelgusida ham ravnaq topishi, rivojlanishi va yana-da mustahkamlanishini tilayman.
Ruminiya O‘zbekiston bilan munosabatlarini yuksak qadrlaydi hamda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi muloqot va hamkorlik yana-da mustahkamlanishiga umid bildiradi.
O‘zbekiston mamlakatimizning Markaziy Osiyodagi muhim hamkori hisoblanadi. Ruminiya Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning kengayishi, mintaqaviy barqarorlik hamda o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi, umumiy manfaatlarga mos yangi loyihalarni ilgari surishni faol qo‘llab-quvvatlaydi.
2020–2025-yillar oralig‘ida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 377 foizdan ziyodga oshgani (O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra) hamda 2025-yil o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari bo‘yicha Ruminiya–O‘zbekiston munosabatlari tarixidagi eng yaxshi yillardan biri bo‘lganidan mamnunman.
2026-yil mart oyida Ruminiya va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida ilk ikki tomonlama konsullik maslahatlashuvlarining o‘tkazilishi munosabatlarimizda alohida muhim voqea bo‘ldi. Senator Yelena-Adelina Dobraning Parlamentlararo ittifoq yosh parlamentariylarining XII Butunjahon konferensiyasida ishtirok etish uchun 2026-yil sentyabr oyida O‘zbekistonga tashrifi parlamentlararo hamkorlik sohasidagi muhim voqelikka aylandi.
Men kelajakka katta umid bilan qarayman. O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishoniga sazovor bo‘lish men uchun yuksak sharafdir.
Mazkur mukofotni yuksak ishonch ifodasi hamda kelgusi samarali hamkorlik yo‘lidagi ulkan rag‘bat deb bilaman. O‘zbekiston tomoniga samarali hamkorlik uchun samimiy minnatdorligim va chuqur ehtiromimni bildiraman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi