Dushanbeda O'zbekiston-Tojikiston qo'shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi
May 04, 2024. 15:43 • 48 soniya
• 1691
TOSHKENT, 5-may. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 29 aprel – 4 may kunlari Dushanbe shahrida O'zbekiston-Tojikiston qo'shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda chegaralarni demarkatsiya qilish ishlari muhokama qilindi va O'zbekiston-Tojikiston chegarasining loyiha demarkatsiya chizig'i bo'yicha o'zaro kelishilgan takliflar tayyorlandi.
Uchrashuv an'anaviy do'stlik va o'zaro hamjihatlik muhitida o'tdi.
Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolandi.
Navbatdagi uchrashuv O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lib o'tadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Venada o‘zbekistonlik talabalar ishtirokida O‘zbek tili bayrami nishonlandi
Sanalar•Oktabr 21, 2026. 12:30
Pekinda turli davlat talabalari ishtirokida O‘zbek tili bayrami nishonlandi
Sanalar•Oktabr 21, 2026. 11:30
Samarqandda bolalar farovonligiga bag‘ishlangan Butunjahon sammiti o‘z ishini boshladi
“Dunyo” AA reportaji•Oktabr 21, 2026. 11:00
O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
Prezident•Oktabr 20, 2026. 21:15
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi Migratsiya agentligiga rahbar etib tayinlandi
Sentabr 04, 2026. 09:30
Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari AQSH delegatsiyasi bilan uchrashdi
Oktabr 27, 2025. 21:39
O'zbekiston va Bahrayn tashqi ishlar vazirlari Diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish to'g'risidagi bitimni imzoladilar
Avgust 21, 2025. 10:09
O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari va Jazoir elchisi joriy yilda turli darajadagi ikki tomonlama tadbirlarni o'tkazish rejalarini muhokama qildilar
Avgust 05, 2025. 20:31
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Qirg'iziston Prezidenti tomonidan qabul qilindi
Iyul 31, 2025. 13:48