Olmaotadan munosabat: Samarqanddagi uchrashuvlar AQShning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni kengaytirishidan dalolat
Oktabr 21, 2026. 12:00 • 2 daq
• 71
OLMAOTA, 21-oktabr. /“Dunyo” AA/. Qozog‘iston–Germaniya universiteti professori Rustam Burnashev “Dunyo” axborot agentligiga bergan intervyusida AQSh davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirdi:
– AQSh Davlat kotibining “Euronews”ga bergan intervyusida “Markaziy Osiyo so‘nggi 20 yil ichida siyosatchilarimizdan munosib darajada e’tibor olmagan”, degan fikri Samarqandda bo‘lib o‘tgan “C5+1” formatidagi uchrashuvning asosiy g‘oyasi bo‘ldi.
Bu bilan Donald Tramp ma’muriyatining mintaqa mamlakatlari bilan hamkorlikni kengaytirishga intilishi e’lon qilinmoqda.
Marko Rubioning so‘zlariga ko‘ra, AQSh mintaqadagi ishtirokini iqtisodiy raqobat va Markaziy Osiyo mamlakatlariga hamkorlikning qo‘shimcha variantlarini taklif qilish imkoniyati sifatida ko‘radi. Markaziy Osiyoning ahamiyati xalqaro savdoni rivojlantirish, investitsiyalar jalb qilish va global ta’minot zanjirlarini mustahkamlash bilan bog‘liq.
AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish borasidagi ishlar ham tashrifning muhim tarkibiy qismidir.
AQSh davlat kotibining O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan turli uchrashuvlar o‘tkazgani diqqatga sazovordir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi