Logo

O'zbekiston Prezidenti Xitoyning "Henan Investment Group" kompaniyasi bilan loyihalarni amalga oshirish masalalarini ko'rib chiqdi

Sentabr 02, 2025. 18:46 • 43 soniya

58
O'zbekiston Prezidenti Xitoyning "Henan Investment Group" kompaniyasi bilan loyihalarni amalga oshirish masalalarini ko'rib chiqdi

TOSHKENT, 2-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Xitoyga rasmiy tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun "Henan Investment Group" kompaniyasi bosh direktori Chju Xunbin bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Xitoyning energetika va infratuzilmani rivojlantirish sohasidagi yetakchi kompaniyalaridan biri bo'lgan "Henan Investment" qurilish, sanoat, energetika, ekologiya va sog'liqni saqlash sohalarida loyihalarni amalga oshirmoqda. Kompaniya aktivlari 50 milliard dollardan ziyod.


O'zbekistonda ko'mir konlarini o'zlashtirishda ilg'or texnologik yechimlarni joriy qilish, zamonaviy elektr stansiyalari, energiya saqlash tizimlarini loyihalashtirish va qurish, biomahsulotlar ishlab chiqarish, chiqindilarni qayta ishlab, toza energiya ishlab chiqarish bo'yicha kooperatsiya loyihalarining amaliy jihatlari muhokama qilindi.


Davlatimiz rahbari Xitoy kompaniyasi ishtirokidagi loyihalarni o'z vaqtida amalga oshirish uchun alohida "yo'l xaritasi"ni qabul qilish bo'yicha topshiriq berdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish