O'zbekiston Prezidenti Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi bilan telefon orqali muloqot chog'ida ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlik samarali bo'layotganini qayd etdi
Iyul 24, 2025. 17:02 • 42 soniya
• 32
TOSHKENT, 24-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Federatsiya Kengashi Raisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog'lik, baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, shu jumladan samarali parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari ko'rib chiqildi.
Oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini ta'minlash, sanoat kooperatsiyasi, ta'lim va madaniyat sohalarida qo'shma loyiha va dasturlarni ilgari surish bo'yicha faol hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga jo‘nab ketdi