O'zbekiston va Turkiya yetakchilari telefon orqali muloqot chog'ida keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar
Iyul 24, 2025. 18:26 • 51 soniya
• 34
TOSHKENT, 24-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, suhbat avvalida Turkiya yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog'lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar O'zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ko'p qirrali hamkorlik munosabatlarini yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Davlatlararo hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Turli darajalarda samarali muloqotlar davom etmoqda, tovar va yuk ayirboshlash, investitsiya ko'rsatkichlari o'smoqda, qo'shma korxonalar soni va aviaqatnovlar ko'paymoqda. Madaniy-gumanitar tadbirlar o'tkazilmoqda.
O'zbekiston va Turkiya Prezidentlari telefon orqali muloqotda oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining bo'lajak navbatdagi yig'ilishiga puxta tayyorgarlik ko'rishga alohida e'tibor qaratdilar.
Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga jo‘nab ketdi