2025-yilda O'zbekistonda 450 mingta avtomobil ishlab chiqarish va eksportni 700 million dollarga yetkazish maqsad qilingan

Noyabr 25, 2024. 19:25 • 2 daq

603
2025-yilda O'zbekistonda 450 mingta avtomobil ishlab chiqarish va eksportni 700 million dollarga yetkazish maqsad qilingan

TOSHKENT, 25-noyabr. /"Dunyo" AA/. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatida qilinayotgan ishlar va 2025-yilga mo'ljallangan rejalar haqida axborot berildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, mamlakatimiz sanoatida avtomobilsozlik ulushi 10 foizni tashkil etadi. O'tgan o'n oyda 338-mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. 1 ming 400 turdagi butlovchi qismlar mahalliylashtirilgan. Iqtisodiy choralar natijasida sohada tannarx 4 foiz kamaygan. Eksport 455 million dollar bo'lgan.

"O'zavtosanoat" aksiyadorlik jamiyati raisi oldindagi rejalar va vazifalar yuzasidan axborot berdi.

Kelasi yil 450 mingta avtomobil ishlab chiqarish va eksportni 700 million dollarga yetkazish maqsad qilingan. Hududiy korxonalar bilan kooperatsiyani kuchaytirib, mahalliylashtirishni oshirish bo'yicha aniq rejalar ishlab chiqilgan. Xususan, 700 ta detalni o'zlashtirish bo'yicha 325 million dollarlik 63 ta loyiha amalga oshiriladi.

Ma'lumki, Jizzaxda "BYD" kompaniyasi bilan hamkorlikda elektromobil zavodi barpo etilgan. Hozirda u yerda Chazor va Song Plus Champion kabi mashinalar ishlab chiqarilmoqda. Kelgusi yillarda modellar qatorini kengaytirish rejalashtirilgan. Qiymati 300 million dollarlik ikkinchi bosqichda elektromobillar sonini yiliga 200 ming donaga, uchinchi bosqichda 500 ming donagacha yetkazish ko'zda tutilgan.

Davlatimiz rahbari xitoylik hamkorlar bilan kelishib, qo'shimcha quvvatlarni qurish, elektromobillar uchun butlovchi va ehtiyot qismlarni izchil o'zlashtirib borish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.

Kooperatsiya asosida mahalliy korxonalarga buyurtmalarni shakllantirish vazifasi qo'yildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish

So‘nggi yangiliklar

Toshkentda Markaziy Osiyo sinologlarining ikkinchi forumi boshlandi
“Dunyo” AA reportajiIyun 13, 2026. 15:00
Toshkentda Markaziy Osiyo sinologlarining ikkinchi forumi boshlandi
Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi Qatardaga keng jamoatchilikka tanishtirildi
O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalaridaIyun 13, 2026. 14:00
Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi Qatardaga keng jamoatchilikka tanishtirildi
Toshkentda Sankt-Peterburg ishbilarmonlik markazi ochiladi
Iqtisodiy diplomatiyaIyun 13, 2026. 13:30
Toshkentda Sankt-Peterburg ishbilarmonlik markazi ochiladi
Shanxay kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirdi
Iqtisodiy diplomatiyaYanvar 01, 1970. 06:00
Shanxay kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirdi

Barchasi