Finlyandiya Prezidenti 29-oktyabr – 1-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O'zbekistonda bo'ladi

Oktabr 29, 2025. 12:47 • 2 daq

235
Finlyandiya Prezidenti 29-oktyabr – 1-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O'zbekistonda bo'ladi

TOSHKENT, 29-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb 29-oktyabr – 1-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo'ladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo'lib o'tadi, ularda O'zbekiston bilan Finlyandiya o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko'rib chiqiladi.

O'zaro savdo hajmini oshirish, qishloq xo'jaligi, ekologiya, kimyo, energetika, raqamlashtirish, tog'-kon sanoati va boshqa innovatsion tarmoqlarda kooperatsiyani yo'lga qo'yishga alohida e'tibor qaratiladi.

Mehnat migratsiyasi, madaniyat, ta'lim tizimiga ilg'or texnologiyalarni joriy etish sohalarida hamkorlik masalalari ko'rib chiqiladi.

Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan, ko'p tomonlama tuzilmalarda o'zaro qo'llab-quvvatlash yuzasidan ham fikr almashiladi.

O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish

So‘nggi yangiliklar

Toshkentda Markaziy Osiyo sinologlarining ikkinchi forumi boshlandi
“Dunyo” AA reportajiIyun 13, 2026. 15:00
Toshkentda Markaziy Osiyo sinologlarining ikkinchi forumi boshlandi
Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi Qatardaga keng jamoatchilikka tanishtirildi
O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalaridaIyun 13, 2026. 14:00
Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi Qatardaga keng jamoatchilikka tanishtirildi
Toshkentda Sankt-Peterburg ishbilarmonlik markazi ochiladi
Iqtisodiy diplomatiyaIyun 13, 2026. 13:30
Toshkentda Sankt-Peterburg ishbilarmonlik markazi ochiladi
Shanxay kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirdi
Iqtisodiy diplomatiyaYanvar 01, 1970. 06:00
Shanxay kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirdi

Barchasi