Logo

O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" mukofotining hay'at a'zosi bo'lishga rozilik bildirdi

Iyul 08, 2025. 12:05 • 36 soniya

118
O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" mukofotining hay'at a'zosi bo'lishga rozilik bildirdi

TOSHKENT, 8-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" mukofotining hay'at a'zosi bo'lish taklifini qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" mukofotining hay'at a'zosi bo'lish taklifini benihoya minnatdorlik bilan qabul qilmoqdaman, – deb yozdi bugun O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari o'zining telegram-kanalida. – Ushbu mukofot nizolar, tushunmovchiliklar tufayli parokanda bo'lgan jahonda mehr-oqibat, jasorat va birdamlik tuyg'ulari qanchalik noyobligini, qanchalik tahsinga sazovor ekanligini yodga soladi.

Odamzodning yorug' kelajagi o'zaro munosabatlarga bog'liqligiga chin dildan ishonadigan, jasur, uzoqni ko'ra biladigan insonlar bilan yelkama-yelka faoliyat yuritish men uchun sharafdir".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish