FIFA rahbari O'zbekiston Prezidentini o'zbek futbolining tarixiy yutug'i bilan tabrikladi
Iyun 07, 2025. 13:21 • 48 soniya
• 90
TOSHKENT, 7-iyun. /"Dunyo" AA/. Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo'lladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri davlatimiz rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadovning telegram-kanalidagi ma'lumotga tayanib.
"Kecha O'zbekiston o'z tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi bo'lib JCh-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi, – deyiladi maktubda. – Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun O'zbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz.
Bunday ajoyib yutuq ushbu muvaffaqiyatga aloqador bo'lgan barchaning birgalikdagi sa'y-harakatlari va qat'iy irodasi tufayli amalga oshdi. Sizga, hukumatingizga, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasiga, futbolchilarga, murabbiyga, barcha xodim va rahbarlarga, shuningdek, albatta, qalbi qaynoq muxlislarga samimiy tabriklarimni yo'llayman.
Muhtaram Prezident, Sizga 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatida muvaffaqiyatlar tilayman hamda Siz, Janobi Oliylari bilan yana bir bor uchrashish imkoniyatini intiqlik bilan kutaman".
O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya Imperatori bilan uchrashdi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi