Logo

O‘zbekiston Shvetsiya institutining SISGP dasturiga kiritilgan Markaziy Osiyodagi yagona davlat bo‘ldi

Dekabr 19, 2025. 09:00 • 2 daq

116
O‘zbekiston Shvetsiya institutining SISGP dasturiga kiritilgan Markaziy Osiyodagi yagona davlat bo‘ldi

 STOKGOLM, 19-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nurimbetov Shvetsiya instituti bosh direktorining o‘rinbosari Kurt Brattebi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur institut Shvetsiyani jahon miqyosida targ‘ib qilishga hamda madaniyat, taʼlim, fan, demokratiya va barqaror rivojlanish sohalarida xalqaro aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi hukumat tashkiloti hisoblanadi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Global mutaxassislar uchun stipendiyalar (Swedish Institute Scholarships for Global Professionals - SISGP) dasturidagi ishtiroki bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida Kurt Brattebi Shvetsiya hukumati O‘zbekistonni 2026 yildan boshlab to‘liq to‘lanadigan SISGP stipendiyalarini olish uchun 34 ta hamkor davlatlar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilganini maʼlum qildi. Shu tariqa, O‘zbekiston bo‘lajak yetakchilarni tayyorlash bo‘yicha ushbu nufuzli dasturga qo‘shilgan Markaziy Osiyodagi yagona davlat bo‘ldi.

Shvetsiya institutining Global mutaxassislar uchun stipendiyalar magistrlik dasturi o‘z mamlakatlari va mintaqalarida barqaror rivojlanishni rag‘batlantirishga intiladigan istiqbolli yetakchilarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Stipendiatlar akademik yutuqlari, professional va yetakchilik tajribasi hamda barqaror rivojlanishga hissa qo‘shish salohiyati asosida tanlab olinadi.

Barqaror rivojlanish, muhandislik va texnologik fanlar, raqamlashtirish va innovatsiyalar, “yashil” energetika, tibbiyot, tabiiy fanlar, shuningdek, davlat boshqaruvi hozirda mazkur dargohdagi eng talab yuqori taʼlim yo‘nalishlari qatoriga kiradi.

O‘zbekiston vakillari o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha dasturda ishtirok etish uchun 2026 yil 15 yanvargacha ariza topshirishlari mumkin. Ariza berish tartibi haqida batafsil maʼlumot Shvetsiya instituti rasmiy veb-saytida mavjud.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish