Iordaniya Podshohi davlat tashrifi bilan O'zbekistonga keldi
Avgust 25, 2025. 19:05 • 30 soniya
• 58
TOSHKENT, 25-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bugun davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Samarqand shahri aeroportida Iordaniya Podshohini O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko'tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Milliy kuy-qo'shiq va raqslardan iborat tantanali marosim bo'lib o'tdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga rejalashtirilgan. Bugun davlat rahbarlari birgalikda qadimiy Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qiladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti 18-20-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ladi