Turkman xalqining milliy yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi
Iyul 24, 2025. 12:03 • 51 soniya
• 29
TOSHKENT, 24-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Turkmaniston milliy yetakchisi O'zbekiston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog'lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar O'zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Joriy yil aprel oyida Samarqand shahrida o'tgan oliy darajadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O'zbekiston-Turkmaniston do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko'rib chiqildi.
O'zaro tovar ayirboshlash jadal ortib, korxonalar va ishbilarmonlar darajasida kooperatsiya aloqalari chuqurlashib borayotgani, faol madaniy-gumanitar almashinuv davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, shu jumladan BMTning Dengizga chiqish imkoni bo'lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo'yicha uchinchi konferensiyasi va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko'rish yuzasidan fikr almashildi.
O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga jo‘nab ketdi