O'zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi Sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to'g'risida qo'shma bayonotni qabul qildilar
Avgust 26, 2025. 15:22 • 1 daq
• 63
TOSHKENT, 26-avgust. /"Dunyo" AA/. Bugun Samarqand shahrida bo'lib o'tgan samarali muzokaralar yakunida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn Sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to'g'risida qo'shma bayonot qabul qildilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, umuman, tashrif doirasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, jumladan:
- Ekstraditsiya to'g'risida bitim;
- Investitsiyalarni o'zaro rag'batlantirish va himoya qilish to'g'risida bitim;
- Qo'shma komissiya tuzish to'g'risida bitim;
- Viza talablarini bekor qilish to'g'risida bitim;
- Oliy ta'lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to'g'risida bitim;
- Turizm sohasida hamkorlik to'g'risida bitim;
- Havo qatnovi to'g'risidagi hukumatlararo bitimga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida bayonnoma;
- Tovarlar va transport vositalari harakati to'g'risidagi dastlabki ma'lumotlarni onlayn almashish to'g'risida bayonnoma;
- Qishloq xo'jaligi sohasida hamkorlik to'g'risida bitim;
- O'simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to'g'risida bitim;
- Veterinariya sohasida hamkorlik to'g'risida bitim;
- Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida memorandum;
- din ishlari bo'yicha anglashuv to'g'risida idoralararo memorandumlar;
- Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti 18-20-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ladi