O'zbekiston Prezidenti Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi
Sentabr 02, 2025. 15:56 • 42 soniya
• 344
TOSHKENT, 2-sentabr. /"Dunyo" AA/. Pekin shahriga tashrif doirasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun "China National Petroleum Corporation" (CNPC) kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Day Xoulyanni qabul qildi deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi uglevodorod xomashyosini qazib olish va qayta ishlash bo'yicha yuqori texnologik loyihalarni mamlakat ichida va tashqi bozorlarda amalga oshirishga ixtisoslashgan dunyoning eng yirik energetika kompaniyalaridan biridir. Kompaniyaning bozor kapitallashuvi 200 milliard dollardan ziyod.
Uchrashuvda CNPCning mamlakatimizga kiritgan to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalari hajmi 5 milliard dollardan oshgani ta'kidlandi.
Xitoy kompaniyasi bilan investitsiyaviy hamkorlik portfelini kengaytirish va yerosti tabiiy gaz saqlash inshootlarini qurish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, zamonaviy metrologik standartlar hamda innovatsion yechimlarni joriy qilish loyihalarini ilgari surish rejalari ko'rib chiqildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti 18-20-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ladi