Logo

O'zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Mo'g'ulistonga jo'nab ketdi

Iyun 24, 2025. 09:50 • 22 soniya

82
O'zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Mo'g'ulistonga jo'nab ketdi

TOSHKENT, 24-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo'g'uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan bugun davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo'nab ketdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, tashrif dasturiga muvofiq, Ulan-Bator shahrida ikki tomonlama uchrashuvlar va oliy darajadagi tadbirlar o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

Ko'p qirrali O'zbekiston-Mo'g'uliston munosabatlarini yana-da rivojlantirish va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko'rib chiqiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish