O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan AQShga jo'nab ketdi
Sentabr 20, 2025. 16:51 • 29 soniya
• 337
TOSHKENT, 20-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun bugun amaliy tashrif bilan Nyu-York shahriga jo'nab ketdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston Prezidenti Bosh Assambleya yalpi sessiyasi umumiy munozaralarining birinchi kunida nutq so'zlaydi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, qator xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari bilan muzokaralar o'tkazadi.
Sammit doirasida nufuzli xalqaro moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar, AQShning yetakchi kompaniyalari va investitsiya tuzilmalari ishtirokida tadbirlar o'tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Janubiy Koreya Parlamenti spikerini qabul qildi
O‘zbekiston Prezidenti Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi