Logo

O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga jo'nab ketdi

Oktabr 06, 2025. 16:59 • 27 soniya

28
O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga jo'nab ketdi

TOSHKENT, 6-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan bugun amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo'nab ketdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti asosiy tadbirlarida ishtirok etadi.

"Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik" mavzusida o'tkazilayotgan uchrashuv kun tartibidan ustuvor sohalarda ko'p tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari o'rin olgan.

Sammit yakunida tashkilotdagi mamlakatlar o'rtasidagi amaliy hamkorlikni yana-da kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar qabul qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish