Logo

O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Belarusga keldi

Iyun 26, 2025. 22:32 • 22 soniya

95
O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Belarusga keldi

TOSHKENT, 26-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun amaliy tashrif bilan Belarusga keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, "Minsk" milliy aeroportida O'zbekiston Prezidentini Belarus Bosh vazirining birinchi o'rinbosari Nikolay Snopkov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif doirasida O'zbekiston yetakchisi 27-iyun kuni Minsk shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig'ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish