O'zbekiston Prezidenti Yaponiya delegatsiyasini qabul qildi
Iyun 12, 2025. 01:05 • 47 soniya
• 64
TOSHKENT, 11-iyun. /"Dunyo" AA/. Toshkent investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi doirasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) boshqaruvchisi Nobumitsu Xayasi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Yaponiyaning ushbu yetakchi moliyaviy instituti ishtirokidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish va qo'shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko'rib chiqildi.
JBIC mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga hissa qo'shayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Bugungi kunda qo'shma loyihalar portfeli, shu jumladan neft-kimyo, to'qimachilik sanoati, energetika, axborot texnologiyalari, infratuzilma va boshqa yo'nalishlarda qariyb 4 milliard dollarga yetdi.
Yangi uch yillik hamkorlik dasturi doirasida Yaponiya kompaniyalari ishtirokida "yashil" energetika, IT, transport va sog'liqni saqlash sohalarida kooperatsiya loyihalarini tez fursatda tayyorlash va ilgari surish muhim ekani ta'kidlandi.
O'zbekistonda Yaponiya xalqaro universitetini ochish bo'yicha amaliy choralar ko'rish muhimligi qayd etildi.
Muzokaralar yakunida kompleks "yo'l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga keldi