O'zbekiston Prezidenti EXHTning amaldagi raisi, Finlyandiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Iyun 11, 2025. 19:40 • 47 soniya
• 54
TOSHKENT, 11-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi, Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonenni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, suhbat avvalida oliy martabali mehmon O'zbekiston Prezidentiga Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubbning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O'zbekiston bilan EXHT o'rtasida amaliy aloqalarni mustahkamlash hamda O'zbekiston-Finlyandiya hamkorligini yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Milliy saylov tizimini modernizatsiya qilish, ommaviy axborot vositalari erkinligini ta'minlash, gender va yoshlar masalalari, "yashil" kun tartibi bo'yicha tashkilot bilan konstruktiv hamkorlik rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Iqlim xavfsizligi va barqaror rivojlanish masalalariga e'tiborni kuchaytirish muhimligi ta'kidlandi.
O'zbekiston-Finlyandiya munosabatlarining, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi kun tartibi batafsil ko'rib chiqildi.
Mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, bo'lajak tadbirlar rejasi ko'rib chiqildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga keldi