O'zbekiston Prezidenti "Euronews" direktorlar kengashi raisini qabul qildi
Iyun 12, 2025. 09:03 • 39 soniya
• 304
TOSHKENT, 12-iyun. /"Dunyo" AA/. Toshkent investitsiya forumi doirasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha "Euronews" media xoldingi direktorlar kengashi raisi Pedro Vargasni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, ushbu yetakchi kompaniya bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, "Euronews"ning keng auditoriyasini O'zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi, mamlakatda ro'y berayotgan muhim siyosiy-iqtisodiy jarayonlar, shuningdek, uning investitsion va turizm salohiyati to'g'risida xabardor qilish masalalari ko'rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari qo'shma axborot loyihalarini amalga oshirish va professional kadrlar tayyorlash borasidagi faol sa'y-harakatlarni, shuningdek, "Euronews" Toshkent shahrida o'z ofisini ochishni rejalashtirayotganini olqishladi.
"Euronews Academy" dasturi doirasida o'zbekistonlik jurnalistlarni ilg'or professional standartlar asosida o'qitish rejalari qo'llab-quvvatlandi.
Barcha istiqbolli yo'nalishlar bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida qo'shma "yo'l xaritasi"ni tayyorlashga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga keldi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga jo‘nab ketdi