O'zbekiston Prezidenti "Yangi O'zbekiston" bog'iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo'ydi
Avgust 29, 2025. 12:48 • 38 soniya
• 316
TOSHKENT, 29-avgust. /"Dunyo" AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun "Yangi O'zbekiston" bog'iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo'ydi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati yozganidek, yurtimizning qadimgi tarixidan to bugunigacha bo'lgan eng muhim voqealar, buyuk alloma va jahongir bobolarimiz siymolari aks etgan mazkur majmua Mustaqillik ramziga aylangan. Uning eng yuqori qismidagi Humo qushi mamlakatimiz gerbi, xalqimizning ezgu qadriyatlarini ifodalaydi.
Davlatimiz rahbari mazkur monument ona Vatanimiz, mard va jasur, tinchliksevar va mehnatkash, qahramon xalqimiz sharafiga bunyod etilgan buyuk obida ekanini ta'kidlagan edi.
Mustaqillik monumenti poyiga gul qo'yish marosimida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti 18-20-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ladi