Logo

O'zbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashdi

Avgust 05, 2025. 19:52 • 50 soniya

49
O'zbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashdi

TOSHKENT, 5-avgust. /"Dunyo" AA/. BMTning Dengizga chiqish imkoni bo'lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo'yicha uchinchi konferensiyasi doirasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning uchrashuvi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston yetakchisi Serdar Berdimuhamedovni "Xalqaro tinchlik va ishonch yili"da BMTning global konferensiyasi yuqori saviyada o'tkazilgani bilan samimiy qutlab, Turkmanistonning yuksak davlat mukofoti - "Hamkorlikni rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun" ordeni bilan taqdirlagani uchun minnatdorlik bildirdi.

Bo'lajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik doirasida O'zbekiston-Turkmaniston do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko'rib chiqildi.

O'zaro tovar ayirboshlash izchil ortib borayotgani, sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xo'jaligi sohalarida kooperatsiya kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Faol hududlararo va gumanitar almashinuvlar davom etmoqda.

Joriy yilda o'tkazilishi rejalashtirilgan hukumatlararo komissiyalar yig'ilishlari, Ishbilarmonlar kengashi, Hududlar forumi va qator madaniy tadbirlar natijadorligini ta'minlash muhimligi ta'kidlandi.

Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi, oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko'rib chiqildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish