Logo

O'zbekiston Prezidenti Pokistonning shimoli-g'arbiy hududlarida yuz bergan kuchli yog'ingarchilik va suv toshqinlari oqibatida ko'plab insonlarning halok bo'lgani va jarohat olgani munosabati bilan ushbu mamlakat rahbariyatiga ta'ziya yo'lladi

Avgust 17, 2025. 19:39 • 33 soniya

33
O'zbekiston Prezidenti Pokistonning shimoli-g'arbiy hududlarida yuz bergan kuchli yog'ingarchilik va suv toshqinlari oqibatida ko'plab insonlarning halok bo'lgani va jarohat olgani munosabati bilan ushbu mamlakat rahbariyatiga ta'ziya yo'lladi

TOSHKENT, 17-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokistonning shimoli-g'arbiy hududlarida yuz bergan kuchli yog'ingarchilik va suv toshqinlari oqibatida ko'plab insonlarning halok bo'lgani va jarohat olgani munosabati bilan Prezident Asif Ali Zardariy va Bosh vazir Shahboz Sharifga ta'ziya yo'lladi, deb xabar bermoqda "Dunyo"AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadovning telegram-kanali ma'lumotiga asoslanib.

"Davlatimiz rahbari marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlar tez fursatda sog'ayib ketishini tiladi", – deyiladi xabarda.

"Deutsche Welle" olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish