O'zbekiston va Belarus Prezidentlari telefon orqali muloqot chog'ida amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar
Avgust 30, 2025. 11:43 • 55 soniya
• 47
TOSHKENT, 30-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston Prezidenti Belarus yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog'lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, do'st Belarus xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.Belarus Prezidenti, o'z navbatida, O'zbekiston yetakchisi va ko'p millatli xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan samimiy qutlab, bardavom taraqqiyot va ravnaq tiladi.
Aleksandr Lukashenkoning o'tgan yil fevral oyida O'zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O'zbekiston-Belarus ko'p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Turli darajalardagi muloqot va almashinuvlar samarali bo'layotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 30 foizga oshdi. Yetakchi korxonalarning qishloq xo'jaligi, elektrotexnika, mashinasozlik, to'qimachilik va boshqa tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Parlamentlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar aloqalar faol rivojlanmoqda.
O'zbekiston va Belarus yetakchilari bo'lajak ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlar rejasini ham ko'rib chiqdilar.
O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti 18-20-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ladi