O'zbekiston va Qozog'iston Prezidentlari telefon orqali muloqot chog'ida ikki tomonlama kun tartibidagi masalalarni muhokama qildilar
Iyul 24, 2025. 14:59 • 50 soniya
• 44
TOSHKENT, 24-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat bugun Mirziyoyev Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Qozog'iston Prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog'lik, oilaviy baxt-saodat, O'zbekistonning ko'p millatli xalqi farovonligi yo'lidagi mas'uliyatli davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
O'zbekiston bilan Qozog'iston o'rtasidagi yaxshi qo'shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko'rib chiqildi.
Barcha yo'nalishlarda o'zaro manfaatli hamkorlik sur'ati ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda. Metallurgiya, to'qimachilik, qishloq xo'jaligi, logistika, qurilish va boshqa ustuvor yo'nalishlarda muhim kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini ishga tushirishga tayyorgarlik ko'rilmoqda.
Joriy yilda qator madaniy-gumanitar tadbirlar, jumladan, yoshlar, turizm va ta'lim forumlari o'tkaziladi.
Davlat rahbarlari bo'lajak ikki va ko'p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko'rib chiqdilar.
O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga jo‘nab ketdi