Logo

O'zbekiston va Qozog'iston Prezidentlari badiiy ko'rgazma bilan tanishdilar

Mart 29, 2025. 21:01 • 33 soniya

133
O'zbekiston va Qozog'iston Prezidentlari badiiy ko'rgazma bilan tanishdilar

TOSHKENT, 29-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmaota shahriga tashrifning madaniy dasturi doirasida Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan birgalikda Abilxon Kasteyev nomidagi Milliy san'at muzeyiga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, xalq rassomlari – qozoq tasviriy san'ati asoschisi Abilxon Kasteyev va o'zbek rangtasvir ustasi O'rol Tansiqboyev asarlari tomosha qilindi.

Ko'rgazma O'zbekiston va Qozog'iston boy badiiy merosining yorqin ifodasi, ikki qardosh xalq o'rtasidagi mustahkam madaniy aloqalarning ramzi bo'ldi.

Davlat rahbarlari san'at sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan qo'shma tadbirlar o'tkazish, madaniy muloqotni rivojlantirishga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash muhimligini ta'kidladilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish