O'zbekiston va Mo'g'uliston Prezidentlari telefon orqali muloqot chog'ida hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdilar
Iyul 24, 2025. 12:32 • 39 soniya
• 43
TOSHKENT, 24-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo'g'uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Mo'g'uliston Prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog'lik, baxt-saodat, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, O'zbekiston xalqiga esa ravnaq tiladi.
Suhbatda joriy yil iyun oyida Mo'g'ulistonga amalga oshirilgan tashrif doirasida o'tgan oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.
Qabul qilingan "yo'l xaritasi"ni amalga oshirish, chorvachilik, savdo, transport, sanoat kooperatsiyasi, konchilik sohalarida qo'shma loyihalarni ilgari surish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturi doirasida rejalashtirilgan tadbirlarni o'tkazish muhimligi qayd etildi.
O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti 18-20-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ladi