Logo

O'zbekiston va Tojikiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

Iyul 24, 2025. 12:12 • 48 soniya

49
O'zbekiston va Tojikiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

TOSHKENT, 24-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri. 

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, suhbat avvalida Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog'lik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, birodar O'zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

O'zbekiston bilan Tojikiston o'rtasidagi do'stlik, yaxshi qo'shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, eng avvalo, oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko'rib chiqildi.

O'zaro savdo hajmi ortib borayotgani, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, shu jumladan qo'shma investitsiya kompaniyasi orqali kooperatsiya loyihalari ilgari surilayotgani ta'kidlandi. Chegara oldi savdo markazlarini ochish ustida ish olib borilmoqda. Samarqand va Dushanbe shaharlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlar tiklandi. Muhim madaniy dasturlar amalga oshirilmoqda.

Yetakchilar mintaqaviy kun tartibidagi masalalarni, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko'rishni ham muhokama qildilar.

O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish