O'zbekiston va Mo'g'uliston Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o'rnatish to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyani qabul qildi
Iyun 24, 2025. 19:29 • 1 daq
• 82
TOSHKENT, 24-iyun. /"Dunyo" AA/. Bugun Ulan-Bator shahrida o'tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo'g'uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o'rnatish to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyani qabul qildilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, shuningdek, Prezidentlar huzurida quyidagi hujjatlar imzolandi:
- o'simliklar karantini va himoyasi, oliy ta'lim, tog'-kon sanoati, atrof-muhitni muhofaza qilish, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, sog'liqni saqlash va tibbiyot fani, jismoniy tarbiya va sport sohalarida hamkorlik to'g'risidagi bitimlar;
- ikki mamlakat arxiv idoralari o'rtasidagi hamkorlik to'g'risida bayonnoma;
- O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan Mo'g'uliston Iqtisodiyot va taraqqiyot vazirligi o'rtasida, tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida 2026-2027-yillarga mo'ljallangan, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan Mo'g'uliston Madaniyat, sport, turizm va yoshlar vazirligi o'rtasida 2025-2028-yillarga mo'ljallangan hamkorlik dasturlari;
- O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi va Mo'g'uliston Oziq-ovqat, qishloq xo'jaligi va yengil sanoat vazirligi o'rtasida qishloq xo'jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo'yicha hamkorlik rejasi;
- O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi bilan Mo'g'uliston Madaniyat, sport, turizm va yoshlar vazirligi o'rtasida ekoturizm sohasidagi harakatlar rejasi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga jo‘nab ketdi