Logo

Avazada "O'zbekiston - Turkmaniston - Ozarbayjon" formatida uch tomonlama uchrashuv bo'lib o'tdi

Avgust 05, 2025. 17:58 • 34 soniya

69
Avazada "O'zbekiston - Turkmaniston - Ozarbayjon" formatida uch tomonlama uchrashuv bo'lib o'tdi

TOSHKENT, 5-avgust. /"Dunyo" AA/. Avazada o'tayotgan BMTning Dengizga chiqish imkoni bo'lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo'yicha uchinchi konferensiyasi doirasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadovning uch tomonlama uchrashuvi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, o'zaro manfaatli mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish va qo'shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko'rib chiqildi.

Eng avvalo, energetika, transport va logistika, sanoat va qishloq xo'jaligi sohalarida kooperatsiya uchun imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Amaliy hamkorlikning istiqbolli loyihalarini ishlab chiqish uchun mazkur formatdagi muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish