2,5 milliondan ziyod gul va butalardan foydalanilgan – "Tashkent Flowers Fest 2025" festivalidan fotoreportaj
May 02, 2025. 16:57 • 48 soniya
• 64
TOSHKENT, 2-may. /"Dunyo" AA/. Kecha poytaxtimizda an'anaviy gullar festivali – "Tashkent Flowers Fest 2025" boshlandi, deb xabar qilmoqda Dunyo AA muxbiri.

Festivalning asosiy maqsadi – jamoatchilik e'tiborini ekologik madaniyatni oshirish, tabiatni asrash, yosh avlod ongida ekologik bilim va qarashlarni shakllantirish hamda "yashil iqtisodiyot" g'oyalarini targ'ib qilishga qaratishdan iborat.
Tadbir doirasida keng jamoatchilik uchun foydali uchrashuvlar, taqdimotlar hunarmandlar tomonidan gullardan yasalgan mahsulotlar ko'rgazmasi, gullar yarmarkasi va ekotashabbuslarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan madaniy tadbirlar o'tkazilmoqda.
Toshkent shahar hokimligi ma'lumotiga ko'ra, 1-3 may kunlari O'zbekiston Milliy kutubxonasi yonidagi maydonda o'tkazilayotgan tadbirda 2,5 milliondan ziyod gul va butalardan foydalanilgan.
Xususan, festival maydoni markazida Yangi O'zbekiston ramzi bo'lgan "Mustaqillik monumenti" shaklidagi gullardan yasalgan kompozitsiya o'rnatildi. Gullardan yasalgan va bezatilgan turli hayvonlar, qo'shlar hamda arava, avtomobil va samolyot kompozitsiyalari ham tashrif buyuruvchilarni befarq qoldirmaydi.
Quyida "Dunyo" AA fotomuxbiri tomonidan "Tashkent Flowers Fest 2025" festivali bo'lib o'tayotgan maydondan tayyorlangan suratlar turkumini e'tiboringizga havola qilayapmiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Jenevadagi Millatlar saroyida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni o‘tkazildi
Jenevada “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti bo‘ldi
“Saodat” jurnalining bir asrlik yubiley bayrami nishonlandi
Qoraqalpoq o‘tovi YUNESKO Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi