O'zbekistonlik polvon "Pahlavon Mahmud – Strongmen Games" xalqaro turnirida kumush medalni qo'lga kiritdi
Iyun 14, 2025. 11:26 • 2 daq
• 693
XIVA, 14-iyun. /"Dunyo" AA/. Kecha Xiva shahrida bo'lib o'tgan "Pahlavon Mahmud – Strongmen Games" xalqaro turniri g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi.
Unda Xiva shahar hokimi, Turizm qo'mitasi vakillari, Xalqaro Strongmen federatsiyasi mutasaddilari, sportchilar, OAV vakillari, blogerlar, shuningdek, ko'plab mehmonlar va shahar aholisi ishtirok etdi.
Riza Geytasi, turnir g'olibi (Eron):
– Bu g'alabani onamga bag'ishlayman. Uning qo'llab-quvvatlashi, duolari va cheksiz sevgisi meni doimo, hatto eng qiyin damlarda ham olg'a intilishga ilhomlantiradi.
Bundan tashqari, doimo men bilan bo'lgan, meni qo'llab-quvvatlayotgan ustozlarim, do'stlarim va barcha yaqinlarimni alohida minnatdorchilik bildiraman.
Tashkilotchilarga va O'zbekistonga ushbu ajoyib turnirda qatnashish imkoniyati uchun rahmat. Hammasi zo'r, xalqning qo'llab-quvvatlashi eng yuqori darajada edi. Agar hammasi rejadagidek bo'lsa, 2026-yildagi keyingi musobaqaga kelishga harakat qilaman.
O'zbekistonlik raqibim Muhammad Aliga alohida hurmat-ehtiromimni bildiraman. U turnirning so'nggi soniyalarigacha munosib kurashdi. Bunday raqobat haqiqiy chempionlarga xos.
Buyuk Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlangan turnirda ishtirok etish barchamiz uchun katta sharafdir. Ishonchim komilki, u avlodlari qanchalik kuchli va olijanob bo'lib yetishganini, o'z ajdodlariga qoldirgan kurash, hurmat va birodarlik ruhi saqlanib qolganini ko'rib, faxrlanadi.
Muhammad Ali To'xtamatov, musobaqa sovrindori (O'zbekiston):
– Turnir yuqori saviyada tashkil etildi – ushbu ajoyib tadbirni o'tkazishda ishtirok etgan barchaga chin dildan minnatdorlik bildiraman. Albatta, men g'alaba qozonishni juda xohlagan edim. Bir necha kun oldin "Yashil tepaliklar"da (Toshkent viloyati) ham xuddi shunday kuchli raqiblar bilan bellashib, birinchi o'rinni egallashga muvaffaq bo'ldim. Ammo, afsuski, o'shanda olgan jarohatim o'z ta'sirini ko'rsatdi. Bugun men optimal formada emasdim, afsuski, yana shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilish uchun harakatlarim yetarli bo'lmadi.
Muxlislar oldida juda xijolatdaman. Har bir jangni diqqat bilan kuzatib, g'alabamga chin dildan ishonganlarga ham katta rahmat. Bu gal ularning ishonchini oqlolmadim. Albatta, kelgusi musobaqada muxlislarimni katta g'alabalar bilan xursand qilaman.
Shuningdek, xorazmliklarga ham alohida minnatdorlik bildiraman. Ularning ajoyib qo'llab-quvvatlashi va iliq kutib olishlari meni birinchi daqiqadan so'nggi daqiqagacha ruhlantirdi. Ular menga nafaqat kuch, balki birdamlik hissini ham taqdim etish. Buning uchun ularga chin yurakdan rahmat aytaman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Jenevadagi Millatlar saroyida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni o‘tkazildi
Jenevada “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti bo‘ldi
“Saodat” jurnalining bir asrlik yubiley bayrami nishonlandi
Qoraqalpoq o‘tovi YUNESKO Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi