O'zbekistonning boy madaniy va sayyohlik salohiyati Yaponiyaning Osaka prefekturasida o'tkazilgan xalqaro festivalda keng namoyish etildi
Noyabr 25, 2024. 13:30 • 2 daq
• 1039
OSAKA, 25-noyabr. /"Dunyo" AA/. Yaponiyaning Osaka prefekturasida 37 davlat vakillarini birlashtirgan "Do'stlik" xalqaro festivali bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir ishtirokchilari o'z mamlakatlarining madaniy merosi, sayyohlik salohiyati, tarixiy diqqatga sazovor joylarini namoyish etdi. Ular orasida mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi ko'magida tayyorlangan O'zbekiston stendi yaqqol ajralib turdi.
O'zbekiston stendi 100 dan ortiq mehmonlarni, jumladan yapon tashkilot va assotsiatsiyalari vakillarini o'ziga jalb etgan holda, festivalning eng ko'p tashrif buyurilgan maydoniga aylandi. Ishtirokchilar Vatanimizning boy madaniy va sayyohlik merosi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'ldilar.
O'zbekiston bo'limida Samarqand, Buxoro va Xiva kabi mashhur tarixiy shaharlar, mamlakatimizning hunarmandchilik an'analari keng namoyish etildi. O'zbek hunarmandlarining mahorati va ijodiy ruhini o'zida mujassam etgan milliy to'qimachilik, kulolchilik va zargarlik buyumlari alohida e'tiborga sazovor bo'ldi.
Festivalning markaziy voqealaridan biri modalar namoyishi bo'lib, unda ham O'zbekiston vakillari faol ishtirok etdi. Mamlakatimizning an'anaviy naqshlar, yorqin ranglar va boy to'qimachilik uslubining o'ziga xosligi Yaponiya jamoatchiligi va mehmonlarini hayratga soldi.
Osaka prefekturasida bo'lib o'tgan "Do'stlik" xalqaro festivali xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirishda madaniy diplomatiya muhimligini yana bir bor tasdiqladi. O'zbekistonning boy tarixi, san'ati va mehmondo'stligi bilan festivalning barcha ishtirokchilarida unutilmas taassurot qoldirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Jenevadagi Millatlar saroyida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni o‘tkazildi
Jenevada “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti bo‘ldi
“Saodat” jurnalining bir asrlik yubiley bayrami nishonlandi