Logo

Brest O'zbekistonning fashizm ustidan qozonilgan G'alabaga qo'shgan ulkan hissasini unutmaydi

May 09, 2025. 13:22 • 37 soniya

117
Brest O'zbekistonning fashizm ustidan qozonilgan G'alabaga qo'shgan ulkan hissasini unutmaydi

BREST, 9-may. /"Dunyo" AA/. Xotira va qadrlash kuni arafasida jahonga mashhur Brest qal'asi mudofaa muzeyiga "G'alaba bog'i falsafasi" kitob-albomi topshirildi, deb xabar berdi "Dunyo" AA muxbiri.

Muzey hududida 1941-yil 22-iyun kuni janglarda qatnashgan 1048 nafar qal'a himoyachilari, shu jumladan o'zbekistonliklar dafn etilgan.

Muzey direktori Aleksandr Karkatadze kitobni qabul qilar ekan, himoyachilar qoni bilan sug'orilgan bu sabrli zamin aholisi fashizmga qarshi kurashda jon fido qilgan o'zbekistonliklarni mudom eslab, xotirasini abadiy saqlashini alohida ta'kidladi.

Belarusda O'zbekiston Ikkinchi jahon urushi yillarida yuz minglab qurbonlar bergani, evakuatsiya qilinganlarni o'z bag'riga olgani, umumiy G'alabaga ulkan hissa qo'shganini yaxshi bilishadi.

Kitob-albom o'tgan yili o'nlab mamlakatlardan 600 mingdan ortiq kishi kelgan muzeyga taqdim etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish