Xivada Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlangan "Strongmen" bahodirlar o'yinlari xalqaro turniri boshlandi
Iyun 12, 2025. 11:59 • 2 daq
• 652
XIVA, 12-iyun. /"Dunyo" AA/. Bugun Xiva shahrida "Pahlavon Mahmud – Strongmen Games" xalqaro musobaqasi boshlandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

An'anaga aylangan turnir Xivada beshinchi bor o'tkazilmoqda. Musobaqa tashkilotchilari – O'zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi, Turizm qo'mitasi, Xalqaro Strongmen federatsiyasi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa tashkilotlar.
Bu yilgi turnir ayniqsa qiziqarli va kurashlarga boy bo'lishi kutilmoqda, chunki ishtirokchi davlatlar soni yildan-yilga ortib boryapti. 2025-yilda 20 ta davlat vakillari bellashadi. Ishtirokchi davlatlar qatoriga O'zbekiston, Ukraina, Avstraliya, Eron, Islandiya, Misr, Xitoy, Pokiston, Gretsiya, Turkiya, Hindiston, Litva, Gruziya, Shotlandiya, Ozarbayjon, Chexiya, Malayziya, Ispaniya, Tojikiston va Qirg'iziston bor.
Dasturga ko'ra, ishtirokchilar mintaqa tarixi va madaniyatidan ilhomlangan holda quyidagi yetti yo'nalish bo'yicha bellashadilar:
-"Qo'qon aravasini tortish";
-"Xiva ustunlari";
-"Tegirmonchi";
-"Amudaryo qayig'ini tortish";
-"Cho'girma otish";
-"Mo'ynoq langari";
-"Jaloliddin va Amir Temur qilichlari".
Beshinchi xalqaro turnirning yangiligi o'tkaziladigan joyning o'zgarishi bo'ldi. Bu yilgi musobaqalar "Arda Xiva" turistik majmuasi hududida o'tkazilmoqda. Majmua yiliga 3 milliongacha sayyohni qabul qilishga mo'ljallangan bo'lib, 2000 dan ortiq kishini ish bilan ta'minlaydi. " Strongmen Games " xalqaro musobaqalari sport turizmi sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, O'zbekistonning sayyohlik salohiyatini ichki va tashqi bozorda keng targ'ib etish, yoshlar o'rtasida sportni ommalashtirish maqsadida tashkil etildi. Turnirni tashkil etishda mahalliy an'analarni asrab-avaylash, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekoturizmni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Jenevadagi Millatlar saroyida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni o‘tkazildi
Jenevada “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti bo‘ldi
“Saodat” jurnalining bir asrlik yubiley bayrami nishonlandi
Qoraqalpoq o‘tovi YUNESKO Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi