Xivada Birinchi O'zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi yakunlandi
Iyul 02, 2025. 10:16 • 54 soniya
• 172
XIVA, 2-iyul. /"Dunyo" AA/. Kecha Xiva shahrida Birinchi O'zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi o'z yakuniga yetdi, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.

Ozarbayjon Milliy Mejlisi Raisi Sohiba Gafarova o'z nutqida Prezident Shavkat Mirziyoyevning oqilona siyosati va amalga oshirayotgan islohotlari natijasida O'zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'lida sezilarli ilgarilab, ko'plab sohalarda katta yutuqlarga erishayotganini ta'kidladi.
Kun davomida forum ishtirokchilari bir qator dolzarb masalalarni muhokama qildilar. Strategik sheriklikni mustahkamlashda parlamentlarning roli, ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, raqamlashtirish, innovatsion rivojlanish, barqaror qishloq xo'jaligi, ta'lim, sog'liqni saqlash, gender tengligi hamda gumanitar va ekologik sohalardagi hamkorlik masalalari ko'rib chiqildi.
Forum yakuni bo'yicha uchta asosiy hujjat – parlamentlararo hamkorlikning asosiy prinsiplari va ustuvor yo'nalishlarini aks ettiruvchi Xiva deklaratsiyasi, 2025–2026-yillarda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga mo'ljallangan amaliy chora-tadbirlar rejasi ("Yo'l xaritasi") hamda parlament diplomatiyasi sohasida aniq tashabbuslarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi va qo'shma qarorlarni muvofiqlashtirish hamda amalga oshirishning muhim mexanizmiga aylangan Parlamentlararo komissiya to'g'risidagi nizom imzolandi.
Ishtirokchilar fikriga ko'ra, forum O'zbekiston va Ozarbayjon xalqlari manfaatlari yo'lida ikki birodar mamlakatlar o'rtasida parlamentlararo muloqotni mustahkamlashda muhim qadam bo'ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Jenevadagi Millatlar saroyida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni o‘tkazildi
Jenevada “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti bo‘ldi
“Saodat” jurnalining bir asrlik yubiley bayrami nishonlandi
Qoraqalpoq o‘tovi YUNESKO Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi