Logo

Samarqand shahrida «Markaziy Osiyoda yagona salomatlik» tashabbusining taqdimoti bo'lib o'tdi

Fevral 14, 2024. 11:59 • 28 soniya

110
Samarqand shahrida «Markaziy Osiyoda yagona salomatlik» tashabbusining taqdimoti bo'lib o'tdi

SAMARQAND, 14-fevral. /"Dunyo" AA/. Kecha umumiy qiymati 11 million yevroga teng bo'lgan «Markaziy Osiyoda yagona salomatlik» tashabbusining taqdimoti bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bu haqda Yovvoyi hayvonlarning ko'chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiya (CMS COP14) ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig'ilishi chog'ida e'lon qilindi.

Ushbu tashabbus Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Shuningdek, taqdimotda Markaziy Osiyoning 5 ta davlati landshaftlarining umumiy barqarorligini oshirish orqali mintaqada zoonoz kasalliklar xavfini kamaytirish bo'yicha qat'iy majburiyatlar e'lon qilindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish