Toshkentda "Plastmassa sanoati – Plastex Uzbekistan 2025" 15-yubiley xalqaro ko'rgazmasi ochildi
Sentabr 23, 2025. 15:08 • 2 daq
• 251
TOSHKENT, 23-sentabr /"Dunyo" AA. Bugun "O'zekspomarkaz" milliy ko'rgazma majmuasida "Iteca Exhibitions" kompaniyasi hamda "ICA Eurasia Group" ishtirokidagi "Plastmassa sanoati – Plastex Uzbekistan 2025" 15-yubiley xalqaro ko'rgazmasi ochildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ko'rgazmaning ilk soatlaridanoq faol va ishchan muhit hukm sura boshladi: yuzlab mutaxassislar va mehmonlar ekspozitsiyalar bilan tanishib, yangi loyihalarni muhokama qilmoqda va plastmassa sanoatidagi so'nggi yutuqlarni baholamoqda.
"Plastex Uzbekistan–2025" 25-sentabrgacha davom etadi. O'tgan yilga nisbatan ekspozitsiyalar hajmi 19 foizga oshgan. Ko'rgazmada Germaniya, Eron, Hindiston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, Rossiya, Turkmaniston, Turkiya va O'zbekistondan 250 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etmoqda. Xitoy ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari birinchi bor milliy pavilyon formatida taqdim etilmoqda.
Ko'rgazmada asosiy e'tibor uskunalarning ish jarayonida namoyish etilishiga qaratiladi: 2-pavilyonda sanoat tarmoqlari, zamonaviy uskunalar va qayta ishlash usullari namoyish etilmoqda. Haitian, Sedir Yzumi, Haida, Borche, Power Jet, Dianya, Wankai, Bole va Jwell kabi kompaniyalar uchun ajratilgan joylarda mutaxassislar tashrif buyuruvchilarga plastmassani shakllantirishning turli usullarida foydalaniladigan uskunalar va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun press-forma tanlash yuzasidan maslahatlar berilmoqda.
Ko'rgazmada, shuningdek, plastmassa ishlab chiqarish va qayta ishlash uskunalari, xom ashyo va polimer qo'shimchalar, press-formalar va periferik uskunalar, dazmollash texnologiyalari, shuningdek, poligrafiya uskunalari namoyish etilmoqda.
Bu yilgi ko'rgazma "4P Central Asia" nomli yangi sektor hisobiga kengaytirildi. Unda poligrafiya, qo'llash, plastmassa va polimerlar sanoatini birlashtiruvchi innovatsion B2B uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda. Bu esa, o'z o'rnida mutaxassislar va ishlab chiqaruvchilar o'rtasida samarali muloqot o'rnatish, ishlab chiqarish zanjirini ko'rish va boshqa masalalarda kompleks yechimlarni topish imkonini beradi.
Tashkilotchilarga ko'ra, "Plastex Uzbekistan" texnologiyalar almashinuvi, investitsiya jalb etish va ishlab chiqarish aloqalarini rivojlantirish uchun mintaqadagi asosiy maydon bo'lib qolmoqda.
Toshkentda mazkur ko'rgazmaning o'tkazilishi O'zbekistonning plastmassa va polimerlar sanoatidagi roli ortib borayotganini, zamonaviy qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish va barqaror ishlab chiqarishga intiluvchanligini tasdiqlaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Jenevadagi Millatlar saroyida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni o‘tkazildi
Jenevada “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti bo‘ldi
“Saodat” jurnalining bir asrlik yubiley bayrami nishonlandi
Qoraqalpoq o‘tovi YUNESKO Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi