Logo

O'zbekiston va xorijiy OAV vakillari uchun Toshkent viloyatidagi suv xo'jaligi korxonalari bo'ylab press-tur tashkil etildi

Sentabr 25, 2025. 13:05 • 52 soniya

125
O'zbekiston va xorijiy OAV vakillari uchun Toshkent viloyatidagi suv xo'jaligi korxonalari bo'ylab press-tur tashkil etildi

TOSHKENT, 25-sentyabr. "Dunyo" AA. Bugun xorijiy va mahalliy OAV vakillari uchun Toshkent viloyati bo'ylab press-tur tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tur davomida OAV vakillariga davlatimiz rahbarining "O'zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025 – 2028-yillarga mo'ljallangan dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot berilmoqda.

Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan press-tur suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni samarali boshqarish sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarni keng yoritishga qaratilgan.

 Jurnalistlar dastlab, Chinoz tumanidagi "Jun" kanalini betonlash jarayoni bilan tanishdilar. Ularga gidrotexnik inshootlarni mustahkamlashning zamonaviy usullari namoyish etildi, bu esa suv ta'minotining ishonchliligini oshirishga va yetkazib berish jarayonida suv sarfini kamaytirishga imkon beradi.

OAV vakillarining navbatdagi manzili O'rtachirchiq tumaniga "Toshkent" suv ombori bo'ldi. Bu yerda ular uchun "Smart water" innovatsion qurilmasi va suv resurslarini avtomatlashtirilgan boshqarish jarayoni haqida ma'lumot berildi.

Bundan tashqari, OAV xodimlari "Tuyabo'g'iz" gidroelektr stansiyasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadilar.

 

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish