O'sh shahrida futbol bo'yicha "Do'stlik" turniri o'tkazildi
Iyun 29, 2025. 13:25 • 47 soniya
• 66
O'Sh, 29-iyun. / "Dunyo" AA/. Joriy yilning 26-iyun kuni O'sh shahrida "Global yoshlar forumi" doirasida futbol bo'yicha "Do'stlik" turniri o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Sport musobaqasi mamlakatimiz Bosh konsulxonasi hamda O'zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasining Qirg'izistondagi vakilligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Futbol turnirida konsullik okrugidagi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan va mehnat qilayotgan vatandosh yoshlardan iborat 6 ta jamoa 2 guruhga bo'lingan holda o'zaro kuch sinashishdi.
Ochilish marosimida so'z olganlar O'zbekistonda yoshlarga qaratilayotgan e'tibor, ikki mamlakat o'rtasida yaqin qo'shnichilik va do'stlik munosabatlarini mustahkamlash yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot berdilar.
O'yinlar murosasiz kurashlarga boy va sport prinsiplariga xos tarzda o'tkazildi.
Turnir yakunlariga ko'ra, "Shifokorlar" (O'zbekiston) jamoasi birinchi, "Korman" (Qirg'iziston) ikkinchi, "Geolgorodok" esa uchinchi o'rinni band etdi.
G'olib jamoa ishtirokchilariga turnir kubogi hamda medallari topshirildi. Shuningdek, sovrindor jamoalar va faol o'yinchilar hamkor tashkilotlar tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi