Logo

O'zbekiston diplomatlari XMTning Polshadagi vakolatxonasi direktori bilan qo'shma tadbirlarni o'tkazish to'g'risida kelishib oldilar

May 20, 2024. 16:42 • 26 soniya

84
O'zbekiston diplomatlari XMTning Polshadagi vakolatxonasi direktori bilan qo'shma tadbirlarni o'tkazish to'g'risida kelishib oldilar

VARSHAVA, 20-may /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi xodimlari Xalqaro migratsiya tashkilotining (XMT) Varshavadagi vakolatxonasi direktori Livia Stip-Rekovskaya bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida Polshadagi mehnat muhojirlari bilan bog'liq mavjud vaziyat, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish va vataniga qaytish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Shuningdek, vatandosh migrantlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan qo'shma tadbirlarni birgalikda o'tkazish to'g'risida kelishib oldilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish