O'zbekiston Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili Polshadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi
Oktabr 08, 2024. 11:47 • 2 daq
• 388
VARSHAVA, 8-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatovaning Polshaga tashrifi doirasida mamlakatimiz elchixonasi ko'magida ushbu davlatdagi hamyurtlarimiz bilan ochiq muloqot tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Vatandoshlar bilan uchrashuvni O'zbekiston elchisi Amirsaid A'zamxo'jayev ochib berdi. Elchi vatandoshlar bilan ochiq muloqotni yo'lga qo'yishdan asosiy maqsad haqida to'xtaldi va bunday shakldagi uchrashuvlar davlat hamda uning xorijdagi fuqarolari o'rtasida mustahkam ko'prik o'rnatishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.
Diplomat Polshada o'zbek fuqarolari hamjamiyatini mustahkamlash elchixona faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligiga e'tibor qaratdi.
Muhokamaning asosiy mavzularidan biri – 27-oktabrga belgilangan O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi bo'ldi. Tadbirda so'zga chiqqanlar vatandoshlarning ushbu saylovda faol ishtirok etishi nafaqat burch, balki O'zbekistonda demokratiya rivojiga qo'shilayotgan salmoqli hissa ekanini ta'kidladilar. Shuningdek, xorijdagi O'zbekiston fuqarolari uchun "saylov.mfa.uz" veb-sayti ishga tushirilgani ma'lum qilindi.
O'zbekiston Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova o'z ma'ruzasida vatanidan tashqarida yashayotgan fuqarolarimizni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan turli tashabbuslar haqida batafsil to'xtaldi. Xorijdagi O'zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam ko'rsatish va ularning huquqlarini himoya qilish, yoshlarimizning turli oqimlar ortidan ko'r-ko'rona ergashishlarini oldini olish muhimligiga e'tibor qaratildi.
Ombudsman saylovga tayyorgarlikning borishi, olib borilayotgan saylov kampaniyasining asosiy jihatlari, O'zbekiston saylov qonunchiligiga kiritilgan o'zgartishlar, ular asosida mamlakatimiz tarixida birinchi marta parlament saylovi majoritar-proporsional tizim asosida o'tkazilishi haqida batafsil ma'lumot berdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar Polshadagi o'zbeklar hamjamiyatini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish, shuningdek, O'zbekiston-Polsha aloqalarini yanada mustahkamlash qaratilgan tajriba va g'oyalari bilan o'rtoqlashdilar.
Vatandoshlar, shuningdek, bo'lajak parlament saylovlarida faol ishtirok etishlarini bildirdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi