O'zbekistonning boy madaniy merosi Olmaotada o'tkazilgan xalqaro tadbir mehmonlarida katta taassurot qoldirdi
May 02, 2025. 11:24 • 47 soniya
• 48
OLMAOTA, 2-may. /"Dunyo" AA/. Olmaota shahridagi Sulaymon Demiyerel nomidagi universitetda o'tkazilgan "Xalqaro madaniyat kuni" tadbirida O'zbekistonning boy madaniy merosi namoyish etildi, deb xabar qilmoqda Dunyo AA muxbiri.

O'zbekiston Bosh konsulxonasi va mazkur universitetda tahsil olayotgan vatandosh talabalar tomonidan mamlakatimiz stendni tashkil etildi. Unda O'zbekiston madaniyati, xalqimizning urf-odat va an'analari namoyish etildi.
O'zbek milliy liboslari, sarxil meva-sabzavotlar, non mahsulotlari, turli shirinliklar va milliy taomlarimiz yig'ilganlarga katta taassurot qoldirdi.
Tadbir so'nggida xorijiy talabalar tomondan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. O'zbekistonlik talabalar ijrosidagi milliy raqslar va qo'shiqlar yig'ilganlar tomonidan davomiy olqishlar bilan kutib olindi.
O'zbekiston diplomatlari Sulaymon Demirel nomidagi universitet rektori bilan alohida uchrashuv o'tkazdilar. Qozog'iston vakili O'zbekistonda ta'lim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar va ularning samarali natijalari bilan tanishtirildi. Shuningdek, tomonlar ikki mamlakat oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni yanada jadallashtirish va qo'shma ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish muhimligini ta'kidladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi