O'zbekistonning Moskvadagi elchixonasida Rossiya oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Iyun 07, 2025. 10:43 • 57 soniya
• 65
MOSKVA, 7-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida Rossiyaning yetakchi oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan va Moskva shahrida ishlayotgan yosh tadbirkor vatandoshlar bilan muloqot tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Uchrashuvda so'zga chiqqan O'zbekiston elchisi Botirjon Asadov zamonaviy dunyoda yoshlarning ta'lim va kasbiy o'sishi muhim rol o'ynashini alohida ta'kidladi. Xorijning nufuzli universitetlarida bilim olish nafaqat shaxsiy yutuq, balki Yangi O'zbekiston rivojiga qo'shgan muhim hissa ekani qayd etildi.
Tadbirda yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, iste'dod va qobiliyatini ro'yobga chiqarish "Yangi O'zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh mezoni ekani urg'ulandi.
Xorijiy oliy o'quv yurtlari bitiruvchilarining kasb-hunar egallash imkoniyatlariga alohida e'tibor qaratildi. Tadbir ishtirokchilariga O'zbekiston Prezidentining mamlakatimizda yosh mutaxassislarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslari haqida ma'lumot berildi.
Suhbat chog'ida mezbon mamlakat qonunlariga rioya qilish, Rossiya madaniyatini o'rganish, shuningdek, boshqa davlat fuqarolarini O'zbekistonning an'ana va urf-odatlari bilan tanishtirish muhimligiga e'tibor qaratildi.
Ochiq muloqot tarzida o'tgan tadbirda yurtdosh talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Uchrashuv kunida tadbir ishtirokchilari uchun dasturxon yozilib, palov tarqatildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi